Ishsiz va ehtiyojmand xotin-qizlarga bayram hadyasi
FOTOREPORTAJ
Istiqlolimizning 33 yilligi bayrami nishonlanayotgan shu kunlarda Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida “Аёллар daftari" va "Yoshlar daftari"dagi 83 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlandi.
Ularga mahalladagi hokim yordamchilarining tavsiyasi asosida bepul zamonaviy tikuv mashinalari topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda tuman sektorlar rahbarlari, tegishli mutasaddilar, hokim yordamchilari va ehtiyojmand xotin-qizlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda so‘z olgan tuman hokimi Sherzod Yo‘ldoshev barchani mustaqillik bayrami bilan qizg‘in qutlab, inson qadri ulug‘langan yurtimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan ekanligini qayd etdi.
[gallery-19071]
O‘z o‘rnida tadbir ishtirokchilari davlatimiz rahbarining tashabbusi asosidagi bunday e’tiborning ayni bayram kunlari ro‘yobidan ikki karra mamnunligini bildirdi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA