Ishsiz fuqarolar bandligi ta’minlanmoqda
FOTOREPORTAJ
Termiz shahar hokimligida shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.
[gallery-19624]
Tadbirda shahar hokimi o‘rinbosarlari Shuhrat Do‘stmurotov, Kamol Ashurov, Gulnora Rahmonova, mahallalardagi hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Unda ijtimoiy daftarlarda turgan 30 nafar xotin-qizga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi, o‘zini-o‘zi band qilish orqali doimiy daromadga ega bo‘lishiga ko‘maklashish maqsadida subsidiya asosida asbob-uskunalar tarqatildi.
Mamlakatimizda ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlar xususida fikrlar bildirdi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA