Ishlab chiqarish quvvatlari oshiriladi
Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tegishli boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida “Angren” erkin iqtisodiy zonasida faoliyat yuritayotgan korxonalar vakillari bilan muloqot o‘tkazdi.
So‘nggi yillarda erkin iqtisodiy zona hududi 100 dan ortiq ishlab chiqaruvchilarni birlashtirgan yirik sanoat markaziga aylandi. Uning jami yer maydoni 1 ming 314,8 gektar bo‘lib, shundan investitsiya loyihalari joylashtirilgan maydon 770,3 gektarni tashkil etadi. Infratuzilma uchun 544,5 gektar ajratilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, “Angren” erkin iqtisodiy hududining Ohangaron tumani va Ohangaron shahri blokida hozir ish qizg‘in.
[gallery-21519]
Masalan, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilda 10,5 trillion so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, viloyat sanoat mahsulotlari hajmining 8,1 foizini tashkil etdi. Biroq bu yerda hal etilishi lozim bo‘lgan qator masalalar ham mavjud. Xususan, o‘tgan davrda 9 ta loyiha o‘z faoliyatini to‘xtatgan. Shu kabi yer olib, o‘z vaqtida qurilishni boshlamay, rejalashtirilgan ish o‘rni ham yaratilmay qolgan. Shularni e’tiborga olib muhokamalar davomida tadbirkorlarning taklif va mulohazalari tinglandi.
Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev mas’ullarga mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, joriy yilda ham yangi loyihalarni ishga tushirish borasida yo‘nalishlar berdi.
A.Musayev, O‘zA