Ishchilar korxonaga qaytarildi, navbat eksportga...
Mamlakatimizda koronavirus bilan bogʻliq vaziyatda tadbirkorlar faoliyatini jadal rivojlantirish, muammo va toʻsiqlarni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda.
Mamlakatimizda koronavirus bilan bogʻliq vaziyatda tadbirkorlar faoliyatini jadal rivojlantirish, muammo va toʻsiqlarni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda. Jumladan, Poytaxtimizning Uchtepa tumani hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh tumandagi tekstil mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “BAYSAL IPLIK” hamda parfyumeriya va antiseptik vositalar tayyorlovchi “JNS LABS” qoʻshma korxonalarida boʻldi.
Ishchi guruh yordami bilan “BAYSAL IPLIK” korxonasining viloyatlarda boʻlib turgan 20 nafar ishchisi poytaxtga olib kelindi va ular ishlab chiqarish jarayonini boshladi. Endilikda aprel oyi oxiriga qadar 500 ming AQSH dollari miqdoridagi mahsulotni xorijga eksport qilish rejalashtirilmoqda.
“JNS LABS” korxonasining ham 15 nafar ishchisi viloyatlardan olib kelindi hamda korxona faoliyati qayta jonlandi.
Ishchi guruh tomonidan tumandagi bu kabi korxonalar faoliyatiga koʻmaklashish, ular oldidagi bugungi muammolarni hal qilish choralari koʻrilmoqda.