Iroqning qator hududlarida aniterror harakatlari olib borilmoqda
Iroq xavfsizlik kuchlari qurolli kuchlar ko‘magida tizimli terrorga qarshi amaliyotlarga kirishdi.
Bu haqda “Shafaq” agentligi xabar bermoqda.
Jurnalistlarning ma’lumotiga ko‘ra, kuch tizimining sa’y-harakatlari Al-Abbar va Al-Vaqf tumanlaridagi jangari guruhlarni yo‘q qilishga qaratilgan.
Shu bilan bir vaqtda Diyol viloyatining yana ikki tumani ham jangarilardan tozalanadi.
Amaliyot o‘tkaziluvchi hududlar qurshab olingan, amaliyot qurolli kuchlarning vertolyotlari bilan havodan qo‘llab-quvvatlanadi.
Ma’lumotlarga qaraganda, belgilangan hududlarda jangarilarning berkinib yotgan guruhlari mavjud.