Iroqda Eronning ta’sir kanallarini yo‘q qilish bo‘yicha amaliyot boshlandi
Iroq hukumati tomonidan boshlangan “Tong amaliyoti” keng ko‘lamli hibsga olish kampaniyasi davlat muassasalari va xavfsizlik idoralari ichidagi Eron ta’sirining keng tarmog‘ini yo‘q qilishga qaratilgan, deb xabar tarqatdi “Asharq Al-Awsat” gazetasi.
Mamlakat hukumati va xavfsizlik xizmatlaridagi manbalarga ko‘ra, amaliyot parallel yo‘nalishda olib borilmoqda. Ularning asosiysi “Egizak ajralish” kod nomi bilan atalgan maxfiy amaliyot, deyilmoqda. Amaliyotning ushbu bosqichi mohiyati Bag‘doddagi hukumat muassasalari va Tehron manfaatlarini muvofiqlashtiruvchi shaxslar o‘rtasidagi tizimli aloqalarni majburiy ravishda uzishdir.
Nishonlar orasida Iroq ijroiya hokimiyatiga integratsiyalashgan amaldorlar, Eron tarafdori bo‘lgan qurolli guruhlar va noqonuniy neft kontrabandasi tarmoqlari bor, deb yoziladi maqolada.
Manbalarga ko‘ra, “nol soat”dan ikki hafta oldin Iroq bosh vaziri Az-Zaydiy amaliyot rejasining tafsilotlarini faqat “cheklangan yuqori lavozimli amaldorlar doirasi” bilan yashirincha muhokama qilgan. “Muvofiqlashtirish tuzilmasi” rahbarlari ataylab rejaning borishi haqida ma’lumotdan chetlashtirildi, bu esa ichki siyosiy keskinlikning keskin oshishiga olib keldi.
Bag‘dodning harakatlari haqida gazetaga izoh berar ekan, sobiq yuqori lavozimli amerikalik amaldor amaliyot “noma’lumlikdan chiqayotgan yosh bosh vazir uchun dadil qadam” deb atadi. Manba shuningdek, Az-Zaydiy kabineti qabul qilgan ulkan geosiyosiy xavflarga ham ishora qiladi. Tehronning pozitsiyasi noaniqlikning asosiy omili bo‘lib qolmoqda: manbalar Eronning bu chaqiriqqa javobi hali “eshitilmaganini” ta’kidlamoqda.
S.Rahimov, O‘zA