Iqtidorli yosh polvonlar saralandi
Farg‘onada erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha 2000-2001-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda Respublika olimpiya zaxiralari kolleji va viloyatlardagi olimpiya zaxiralari kollejlari tarbiyalanuvchilari bellashdi.
Farg‘onada erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha 2000-2001-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda Respublika olimpiya zaxiralari kolleji va viloyatlardagi olimpiya zaxiralari kollejlari tarbiyalanuvchilari bellashdi.O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi matbuot xizmatidan ma’lum qilinishicha, chempionatning erkin kurash bo‘yicha bellashuvlarida Respublika olimpiya zaxiralari kollejidan Umidjon Jalolov, Azizbek Fayzullayev, Zafar Rashidov, Feruz Yoqubov, Ixtiyor Normurodov, Farrux Sharipov, Nodir Rahimov, Muhammadrasul Rahimov, navoiylik Ilhom Farmonov va sirdaryolik Jamshid Ma’rupov shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Yunon-rum kurashi bahslarida samarqandlik Quvonch Toshnazarov, Laziz Toshkentboyev, buxorolik Sunnat Rahmatov, nukuslik Davlat Muxtorov, Jaloliddin Oymurodov, chirchiqlik Dilshod Omongeldiyev, Asilxon Moutov, Yerg‘ali Ayximbayev, navoiylik Shaxriyor Hamroqulov va qarshilik Abduqodir Mamatov o‘z vazn toifasida barcha raqibini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.