Ipak qurti parvarishining takroriy mavsumi davom etmoqda
Ayni kunlarda respublikamiz bo‘ylab pillakorlar tomonidan takroriy ipak qurti parvarishlash mavsumi boshlab yuborilgan.
Xususan, Xorazm viloyatida ham ipak qurti urug‘lari jonlantirish uchun laboratoriyalarga joylashtirilgan. Mutaxassislar tomonidan jonlantirishga qo‘yilgan ipak qurti urug‘lari nazorat qilinmoqda.

Jizzax viloyatida namuna sifatida "Agropilla" mas’ullari tomonidan ipak qurti boqilmoqda Xususan, Jizzax viloyati “Agropilla” MCHJ rahbari K.Qo‘qonov ham takroriy ipak qurti parvarishlash mavsumida o‘z xonadonida 2 quti ipak qurti parvarishlamoqda.

Qashqadaryo viloyatida mutaxassislar tomonidan kasanachilar xonadonida parvarishlanayotgan ipak qurtlarini nazorat qilish ishlari olib borildi.
Takroriy mavsum qolgan barcha viloyatlarda ham davom etmoqda.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA