Inson salomatligi yölidagi ezgu taşabbus
Inson salomatligi jamiyat farovonligi va mamlakat taraqqiyotining eng muhim mezonlaridan biridir.
Aholiga sifatli va öz vaqtida tibbiy xizmat körsatiş, kasalliklarni erta aniqlaş, fuqarolarning soğliğini mustahkamlaş borasida amalga oşirilayotgan ezgu taşabbuslar xalqimiz hayotida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, çekka hududlarda yaşovçi aholiga zamonaviy tibbiy xizmatlarni yaqinlaştiriş, ularning salomatligini çuqur tibbiy körikdan ötkaziş borasidagi amaliy işlar eʼtirofga loyiq.

Ana şunday ezgu maqsadlarni özida mujassam etgan “Tibbiyot karvoni — salomatlik” tadbiri Qoraqalpoğiston Respublikasi Qönğirot tumanining “Qoraqalpoğiston” hamda “Jasliq” şaharça fuqarolar yiğinlarida taşkil etildi.

Şimoli-ğarbiy harbiy okrug, Nukus harbiy gospitali, Qoraqalpoğiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi hamda Qönğirot tumani tibbiyot birlaşmasi hamkorligida fuqarolarning salomatligini mustahkamlaş, kasalliklarni barvaqt aniqlaş, aholiga malakali tibbiy maslahat va amaliy yordam körsatiş, şuningdek, zamonaviy diagnostika imkoniyatlarini aholi uçun yanada yaqin va qulay qilişdan iborat böldi.

“Tibbiyot karvoni” doirasida tumanning 1 yoşdan 70 yoşgaça bölgan aholisi keng qamrovli tibbiy körikdan ötkazildi. Fuqarolarga tor soha mutaxassislari tomonidan tibbiy maslahatlar berilib, mavjud salomatlik muammolarini aniqlaş va ularning oldini oliş böyiça zarur tavsiyalar taqdim etildi.
Tadbirning muhim jihatlaridan biri tuman tibbiyot birlaşmasida mavjud bölmagan zamonaviy köçma tibbiy diagnostika uskunalari yordamida aholiga çuqurlaştirilgan tekşiruvlar ötkazilganidir. Xususan, fuqarolar Rentgen, UTT, EKG laboratoriya hamda boşqa turdagi tibbiy tekşiruvlardan ötkazildi. Bu esa aholining salomatlik holatini har tomonlama baholaş, ayrim kasalliklarni dastlabki bosqiçda aniqlaş va tegişli tibbiy çoralarni belgilaş uçun muhim imkoniyat yaratdi.

Kasallikni davolaşdan köra uning oldini oliş afzal. Şu maʼnoda, bunday tibbiy köriklar nafaqat mavjud kasalliklarni aniqlaş, balki insonlarni öz salomatligiga masʼuliyat bilan qaraşga, muntazam tibbiy körikdan ötişga undaşi bilan ham katta ahamiyatga ega.
Tadbir davomida aholiga zarur hollarda tegişli tibbiy yordam körsatilib, dori-darmon vositalari ham bepul tarqatildi. Bu esa “Tibbiyot karvoni”ning oddiy tibbiy körikdan iborat emas, balki inson manfaatini, uning hayoti va salomatligini ustuvor qadriyat sifatida eʼtirof etgan keng qamrovli ijtimoiy loyihaga aylanganini körsatdi.
“Tibbiyot karvoni — salomatlik” tadbiri doirasida amalga oşirilgan işlar aholining soğliğini asraş, tibbiy madaniyatini yuksaltiriş va fuqarolarga sifatli tibbiy xizmat körsatiş borasidagi hamkorlikning amaliy natijasi böldi.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri