Inson huquqlarini himoya qilish bugun har narsadan ustun
Inson huquqlarini himoya qilish bugun har narsadan ustun ekanligi jamiyat hayotining farovonligi yo‘lida olib borilayotgan islohotlar natijasida ko‘rishimiz mumkin.
Ta’kidlash joizki, Inson huquqlari bo‘yicha kengash faoliyati butun dunyo bo‘ylab inson huquqlari himoyasini ta’minlashga qaratilgan BMT tizimidagi eng nufuzli hukumatlararo organlardan biri hisoblanadi. Kengashga 47 ta davlat a’zo bo‘lib, o‘tgan yilning oktyabrida O‘zbekiston 2021−2023 yillar davriga ushbu tuzilma a’zosi etib ilk bor saylangan. Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan kengashning navbatdagi yig‘ilishi Jeneva shahrida video-anjuman shaklida o‘tkazildi.
Davlatimiz rahbarining BMTning Inson huquqlari bo‘yicha 46-sessiyasida so‘zlagan nutqida mamlakatimizda demokratik yangilanishlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda mamlakatimizning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi doirasidagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tdi.
Jumladan, 2030 yilgacha mo‘ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlari mamlakatda har bir insonning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashni ko‘zda tutadigan «hech kimni e’tibordan chetda qoldirmaslik» tamoyili asosida amalga oshirilishi;
gender siyosati masalalari borasida mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida va ishbilarmonlik sohasida ayollarning rolini tubdan oshirishga qaratilgan ishlarni qat’iy davom ettirilishi, O‘zbekistonda Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollarining muloqoti va xotin-qizlarning mintaqaviy biznes-forumini o‘tkazilishi;
nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi yangi qonun kuchga kirganligi, O‘zbekiston Parlamenti Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qilinishi kutilayotganligi va O‘zbekiston imkoniyati cheklangan shaxslarning o‘z qobiliyatini to‘la ro‘yobga chiqarish masalalari bo‘yicha Mintaqaviy kengash tuzishni taklif etganligi;
O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkiloti va Jahon banki bilan hamkorlikda majburiy mehnat va bolalar mehnatiga barham berish bo‘yicha Bolalar Ombudsmani to‘g‘risidagi qonun qabul qilinishi; «Inson huquqlari sohasida ta’lim» dekloratsiyasining 10 yilligiga bag‘ishlab Oliy komissar boshqarmasi bilan birgalikda global forum o‘tkazilishini taklif etilishi;
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar sonini kamaytirish maqsadida o‘tgan yilda 50 ming nafar kishi O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilinganligi, bu yil yana 20 mingdan ziyod kishi fuqarolikka ega bo‘lishi haqidagi qator masalalar yuzasidan oliy minbardan turib so‘z yuritgan davlatimiz rahbari yurtimizda inson huquqlari borasida amalga oshirilayotgan islohotlar kelgusida yanada samarali davom etishini alohida ta’kidladi.
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ham inson huquqlari, xususan iste’molchilik madaniyati va iste’molchilar bilan ishlashning yangi tizimlarini joriy etmoqda. Birgina «Mahallabay» ishlash tizimini joriy etish maqsadida, Respublikamizning barcha tuman va shaharlarida joylashgan mahalla aholisining sharoitidan kelib chiqib, har bir xonadonga 6 boshdan tovuq, tegishli tikuv mashinalari, payvandlash va qadoqlash uskunalari, uy parrandalari berildi.
Shuningdek, mahalladagi 120 ta xonadonga hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan hamkorlikda elektr hisoblagichlar o‘rnatib berildi. Shu bilan bir qatorda yangi qurilgan xonadonlarga elektr simlar tortib berildi.
Bundan tashqari, iste’molchilarning muammolarini joyida hal etish maqsadida, bugungi kunda 30 ta «Iste’molchilar uyi» ma’muriy komplekslarining ham qurib foydalanishga topshirildi, yana 81 ta barcha qulayliklarga ega «Iste’molchilar uyi» ma’muriy komplekslari qurilishi rejalashtirilgan.Shahboz AbdusattorovAniq reja, qat’iylik va uzoqni ko‘ra bilish salohiyatiga ega yurtboshimizning ma’ruzasi yurtdoshlarimiz qalbida ishonch, orzu, umid olovini yoqdi. Bu esa mamlakatimiz ertangi taraqqiyoti, islohotlar samarasida muhim omil bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.
Zero, bugun davlat rahbarining oddiy xalq bilan xalqning orasida oddiy tilda so‘zlashayotgan xalqparvar sifatida, yurt ravnaqi, taraqqiyoti uchun yechim izlayotgan iqtisodchi sifatida, xalq farovonligi, insonlarning emin-erkin yashashlari uchun fidoyilik qilayotgan islohotchi sifatida, oliy minbarlarda turib shu yurtning porloq kelajagi uchun izlanayotgan siyosatchi sifatida olib borayotgan faoliyatini alohida e’tirof etish lozim.
Jahongir Sarimsoqov,
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish
jamiyatlari federatsiyasi raisi