Innovatsiya va tadbirkorlik
Urgut tumanidagi Qoratepa maishiy xizmat kollejida “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2015-2019-yillarga mo‘ljallangan amaliy harakat dasturidagi “Innovatsion faoliyat – taraqqiyot garovi” loyihasini hayotga tatbiq etishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Urgut tumanidagi Qoratepa maishiy xizmat kollejida “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2015-2019-yillarga mo‘ljallangan amaliy harakat dasturidagi “Innovatsion faoliyat – taraqqiyot garovi” loyihasini hayotga tatbiq etishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.Partiyaning Samarqand viloyati kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda xalq deputatlari Urguttumani Kengashi deputatlari, tadbirkorlar, partiya faollari qatnashdi.
Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga berilayotgan imtiyozlar ko‘lamini kengaytirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda ayniqsa, zamonaviy innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish, ularni ishlab chiqarishda qo‘llashga dolzarb vazifalardan biri sifatida qaralmoqda.
– Mamlakatimizda yaratilgan qulay sarmoyaviy muhit hamda tadbirkorlik uchun berilayotgan imtiyozlar tufayli kichik biznes subyektlari safi yil sayin kengaymoqda, – deydi “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Urgut tumani kengashi raisi R.Esonov. – Tumanimizda o‘tgan yili 433 yuridik shaxs maqomidagikorxona, 1 ming 200 dan ortiq yakka tartibdagi tadbirkor ro‘yxatdan o‘tib, faoliyat boshladi. Ular o‘z faoliyatida zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanishi uchun partiyamiz dasturiy maqsadlaridan kelib chiqib, amaliy yordam ko‘rsatmoqdamiz, zarur maslahatlar berilayotir.
Tadbirda qishloq aholisi uchun ish o‘rinlari yaratish, kasb-hunar kolleji bitiruvchilari bandligini ta’minlash, yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmasini shakllantirish, partiya elektorati manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.