“Inklyuziv ta’lim” dasturi istiqbollari (+video)
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi 66-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi, taqdirning sinovida toblanayotgan Feruza Jumaqulova imkoniyati cheklanganligi bois tengdoshlari kabi harakatlana olmaydi. Biroq, o‘qib-o‘rganishda sinfdoshlaridan qolishmaydi.
Ilgari yakka tartibda ta’lim olgan qizaloq 2 oydan buyon “Inklyuziv ta’lim” dasturi asosida maktabda tengdoshlari bilan bir safda tahsil olmoqda.
Feruzaning onasi qizining maktabga kelishi uchun “Inklyuziv ta’lim” dasturi asosida imkoniyat yaratib berilganligi, bu jarayon qizining hayotga qarashlarini o‘zgartirganligi, orzusi sari harakat qilishga undayotganini mamnuniyat bilan so‘zlab berdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/nv34OvZDzTo" title="“Inklyuziv taʼlim” dasturi istiqbollari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat, video), O‘zA