Imkoniyat, mahorat va muvaffaqiyat
Nukus shahridagi 1-bolalar musiqa va san’at maktabida 436 nafar iste’dod sohiblari tarbiyalanmoqda.
Bu yerda o‘quvchilar fortepyano, estrada xonandaligi va ijrochiligi, torli-kamonli cholg‘ular, xalq cholg‘ulari, an’anaviy ijrochilik va xonandalik, xoreografiya, tasviriy va amaliy san’at, damli va zarbli cholg‘ular, teatr san’ati yo‘nalishlari bo‘yicha saboq oladi. San’at koshonasida yaratilgan zamonaviy sharoitlar va 80 o‘qituvchining boy tajribasi yoshlarning musiqa va san’at bobidagi ishtiyoq va mahoratini oshirmoqda. Buni nufuzli tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan Ruxsora Ro‘zmetova, Rahim Turganboyev, Sirojiddin Jamiyev va Sarvinoz Karimboyeva kabi maktab o‘quvchilari misolida ham ko‘rish mumkin.