Ilk bitiruvchilar mustaqil hayotga kuzatildi
FOTOREPORTAJ
Andijon shahrida 2021 yilning 27 oktyabrida Varshava menejment universiteti filiali faoliyat boshlagan edi.
Kuni kecha mazkur universitet ilk bitiruvchilari - 150 dan ziyod talabasini mustaqil hayotga kuzatdi. Yoshlar markazida o‘quv yili yakuniga bag‘ishlab bitiruv tadbiri tashkil etildi.
[gallery-18289]
Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari K. Komilov so‘z olib, viloyat rahbarining bitiruvchilarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.
Namunali xulqi va a’lo baholari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan bitiruvchilar e’tirof etildi.
Tadbir so‘ngida taniqli va yosh san’atkorlarning chiqishlari barchani raqsga chorladi.
Zuhriddin UMURZOQOV(surat),O‘zA