Ilhom Bahromov – jahon chempionati sovrindori
Mamlakatimizning iqtidorli sportchisi Ilhom Bahromov Fransiyada erkin, yunon-rum va xotin-qizlar kurashi bo‘yicha o‘tayotgan jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Mamlakatimizning iqtidorli sportchisi Ilhom Bahromov Fransiyada erkin, yunon-rum va xotin-qizlar kurashi bo‘yicha o‘tayotgan jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi.O‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni, II o‘smirlar Olimpiadasi g‘olibi Ilhom Bahromov yunon-rum kurashi bo‘yicha vazni 50 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasidagi bellashuvlarda eronlik Sayfulloh Muhsin Najodni, AQSh vakili Randon Dryu Mirandani va gruziyalik Nugzari Sursumiani yengib, ikkinchi o‘rinni egalladi.
4-sentabrga qadar o‘tkaziladigan musobaqada sportchilarimiz erkin va xotin-qizlar kurashi bo‘yicha bellashuvlarda ham qatnashadi.