Ijtimoiy xizmatlar mahallaning o‘zida hal etiladi
Qaror va ijro
Davlatimiz rahbarining 2023 yil 28 sentyabrdagi “Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, Buxoro viloyatining Peshku tumanida Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Hududda aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar faoliyat boshladi. Ular tomonidan mahallaning o‘zida 23 ta xizmat turi tashkil etiladi. Endi ushbu markaz orqali mahalladagi moddiy yordam ko‘rsatish, ijtimoiy xizmatlar, bandlik, subsidiya, kreditlarga doir masalalar hal etiladi.
Markazning ochilish marosimida Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining maslahatchisi Isroil Adhamov, Agentlikning viloyat boshqarmasi rahbar va xodimlari, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.
[gallery-14498]
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari