Ijtimoiy nafaqa tayinlash tizimida o‘zgarishlar
2021 yil 1 sentabrgacha tayinlangan ijtimoiy nafaqa va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
Bunda kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatishning yangi tartibiga asosan, nafaqa miqdori oshishi nazarda tutilgan fuqarolardan qo‘shimcha ariza va hujjatlar talab etilmaydi. Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga esa, moddiy yordam bolalar nafaqasiga o‘tkazilishi belgilandi.
Nafaqani tayinlash yoki rad etish qarori haqida arizachiga «SMS» xabar orqali ma’lum qilinadi.
Mazkur o‘zgarishlar kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalarni tayinlash tizimidagi kamchiliklarini bartaraf etish va bu borada ijtimoiy adolatni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashadi.
Maftuna KARIMOVA, O‘zA