Ijro va mehnat intizomi doimiy nazoratda
Majburiy ijro Byurosi organlarida kadrlarni ijro va mehnat intizomiga rioya qilinishi, ular o‘rtasida nojo‘ya xatti-harakatlarning oldini olish bo‘yicha 2021 yilda Buxoro viloyatida xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmasdan mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan 57 nafar (Byuro direktori tomonidan 1 nafar, boshqarma boshlig‘i tomonidan 56 nafar) tezkor xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.
Xizmat vazifalarini vijdonan va namunali bajargan 93 nafar xodimlar, jumladan 11 nafari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan, 2 nafari Bosh prokuror, 32 nafari Byuro direktori, 59 nafari boshqarma boshlig‘i tomonidan rag‘batlantirilgan.
Boshqarma attestatsiya komissiyasi tomonidan 72 nafar xodimlar attestatsiyadan o‘tkazilib, shundan 66 nafari egallab turgan lavozimiga loyiq, 6 nafar xodim egallab turgan lavozimiga yetarli darajada loyiq emas deb topilgan. Ularga olti oy sinov muddati berilgan.
Zarif Komilov, O‘zA