Ichki va tashqi bozorda xaridorgir poyabzallar
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi “Yuksalish” kichik sanoat zonasida joylashgan “Bobur Muhammadali” MCHJga qarashli poyabzal ishlab chiqarish korxonasi 2019-yilda tashkil etilgan.
Korxonada bugungi kunda 50 nafarga yaqin ishchi mehnat qilmoqda. Qisqa vaqt ichida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash barobarida eksport geografiyasi ham kengayib bormoqda.
[gallery-29240]
Xususan, korxonada ishlab chiqarilayotgan poyabzallar mahalliy bozor bilan bir qatorda Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston, Qozog‘iston hamda arab davlatlariga eksport qilinmoqda. Bu esa mahsulot sifati va raqobatbardoshligining yaqqol ifodasidir.
Ayni paytda korxonada yiliga 700 ming juftga yaqin oyoq kiyim ishlab chiqarilmoqda. To‘liq quvvatda faoliyat yuritilganda esa bu ko‘rsatkichni 1,5 million juftga yetkazish imkoniyati mavjud.
Zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan ishlab chiqarish jarayoni, malakali mutaxassislar mehnati korxonaning barqaror rivojlanishiga xizmat qilmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat) O‘zA