Ichki ko‘chalar zamonaviy qiyofa kasb etmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Pop tumanida aholi uchun qulay va zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, mahallalar obodligini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.
Xususan, tumanning Ozod mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish tadbirlari doirasida 6 kilometr ichki yo‘lni asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda. Natijada mahalla ko‘chalari zamonaviy qiyofa kasb etib, aholi uchun yanada qulay sharoit yaratilmoqda.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi loyihalari, tuman hokimligi hamkorligi hamda Jahon banki ko‘magida yo‘l-qurilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
Shuningdek, tumanning Yuksalish mahallasida ham 7 kilometr ichki yo‘lni asfaltlash ishlariga kirishildi. Qiymati 3 milliard so‘m bo‘lgan mazkur loyiha mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash va aholi turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA