Humonaiy so‘nggi safarga kuzatilmoqda
Eron poytaxti Tehronda mamlakatning sobiq Oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Humonaiyni so‘nggi yo‘lga kuzatish marosimi boshlandi. Bayroqqa o‘ralgan tobut shahar ko‘chalari bo‘ylab olib o‘tilar ekan, minglab odam yo‘l chetida saf tortib, marhumga ehtirom bajo keltirmoqda.
Marosim davomida motam tutgan fuqarolar ko‘z yosh to‘kib, tobut tomon qo‘l uzatyapti. Ayrimlar ro‘mol va mato bo‘lagini tobutga tekkizishga harakat qilyapti. Eronda bu amal baraka va ehtirom ramzi sifatida qabul qilingan. Keyin tobut mamlakatning bir necha shahri hamda Iroqdagi muqaddas maskanlar orqali ham olib o‘tilishi rejalashtirilgan.
Marosimdan avval poytaxtdagi Buyuk Musalla majmuasida ikki kunlik vidolashuv tadbiri o‘tdi. Yig‘ilgan yuz minglab olomon orasida Isroil va AQSHga qarshi shiorlar yangradi, ayrim taxtakachlarda havo hujumi qurbonlari uchun qasos chaqirig‘i aks etgan.

Kuzatuvchilar fikricha, ushbu marosim nafaqat shunchaki motam tadbiri emas, balki mamlakat siyosiy hayoti uchun ham muhim sinovdir. Zero, Ali Humonaiy vafotidan keyin Oliy rahbar lavozimiga tayinlangan Oyatulloh Mujtoba Humonaiyni jamoatchilik orasida qo‘llab-quvvatlov darajasi aynan shu kunlarda namoyon bo‘ladi.
Musulmon Ziyo, O‘zA