“Humo Arena”da professional boks kechasi boshlandi
O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi, mamlakatimiz boks federatsiyasi bilan bir qatorda “Matchroom Boxing” promouterlik kompaniyasi va “DAZN” platformasi va boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan mazkur kechaning markaziy jangida hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev “WBA” va “IBF” kamarlarini yaponiyalik Ryosuke Ivasadan himoya qiladi.
Shuningdek, bugun Shahram G‘iyosov – Patrisio Lopes Moreno (Meksika), Isroil Madrimov – Emmanuel Kalombo (Kongo), Bahodir Jalolov – Kristaps Zutis (Latviya), Hasanboy Do‘smatov – Muhsin Kizota (Tanzaniya), Iqboljon Xoldorov – Kulva Bushiri (Tanzaniya), Sanjar Tursunov – Ivan Yuxta (Ukraina), Mirazizbek Mirzaxalilov – Tasha Mjuaji (Tanzaniya) o‘rtasida janglar o‘tkaziladi.
Ochilish marosimida Bosh vazir o‘rinbosari A.Abduhakimov so‘zga chiqdi.
Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA