Hukumat oltin quymalarini qaytarib olmoqchi
Venesuela hukumati Angliya bankiga omonatga berilgan 550 million dollarlik oltin quymalarini qaytarib olmoqchi.
Venesuela hukumati Angliya bankiga omonatga berilgan 550 million dollarlik oltin quymalarini qaytarib olmoqchi. Sanksiyalar tufayli quyma oltinlar musodara qilinish xavfi borligidan hukumat shunday qarorga kelgan.
“Reuters“ xabariga qaraganda, Karakas ikki oydan buyon oltinlarni qaytarib olishga urinmoqda, hozircha urinishlardan samara chiqmagan.
TASS xabarida esa bunday yirik miqdordagi qimmatbaho metallning yetkazib berish sugʻurtasiga oid muammo jarayonga toʻsiq boʻlib turgani aytilgan.