Hovlida taqiqlangan "ekin"
Xivalik fuqaro o‘z xonadonida “marixuana” saqlab, “kannabis” o‘simligini yetishtirib kelganligi aniqlandi.
Xorazm viloyat bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan viloyat DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda Xiva tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida 1971-yilda tug‘ilgan fuqaro o‘z xonadonida salkam 27 gramm miqdoridagi “marixuana” giyohvandlik vositasini noqonuniy ravishda saqlab kelayotganligi aniqlandi.

Shuningdek, xonadon hovlisi ko‘zdan kechirilganda bo‘yi 2 metr bo‘lgan 1 tup “kannabis” giyohvandlik o‘simligi ekilib, parvarishlab kelingani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ahmadjon Shokirov,
O‘zA muxbiri