Hosildorlikni oshirish e’tiborda
FOTOREPORTAJ
So‘nggi yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanida ham qishloq xo‘jaligi sohasi rivojiga katta e’tibor qaratilmoqda. Hududda paxta va g‘alla hosildorligini oshirish, shuningdek, aholi dasturxoni uchun zarur meva-sabzavot va poliz ekinlari yetishtirish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
[gallery-8056]
Xususan, joriy yil paxta hosili uchun bahor mavsumida 5200 gektar maydonga chigit ekildi. G‘o‘zaning yaxshi rivojlanishi va hosildorligini oshirish uchun sug‘orish, mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, qator oralariga ishlov berish kabi agrotexnik tadbirlar bajarilmoqda.
G‘alla mavsumida esa tumanda 4 ming 804 tonna boshoqli don yig‘ib olindi. Bundan tashqari, 125 gektar maydonda bog‘ yaratildi, 400 gektardan ortiq yerda sabzavot va poliz ekinlari yetishtirilmoqda.
Maqsad HABIBULLAEV (surat),O‘zA