Holandning to‘rt natijasi «Guinness World Records» tomonidan rasman tan olindi
Norvegiyalik futbolchining quyidagi natijalari rasman rekord sifatida tan olingan.
«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand faoliyati davomida qayd etgan bir qator yutuqlari uchun birdaniga bir nechta «Guinness World Records» sertifikatlarini qo‘lga kiritdi.
Norvegiyalik futbolchining quyidagi natijalari rasman rekord sifatida tan olingan:
— Millatlar ligasi tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchi — 19 ta gol;
— Angliya Premyer-ligasida 100 ta golga eng tez yetgan futbolchi — Holandga buning uchun 111 ta o‘yin kifoya qildi;
— 38 turlik formatda o‘tkaziladigan APLning bir mavsumida eng ko‘p gol urgan futbolchi — 36 ta gol;
— Chempionlar ligasining bitta uchrashuvida 5 ta gol urgan uch futbolchidan biri. Bu natijaga Holanddan tashqari Lionel Messi va Luis Adriano ham erishgan.
Shu tariqa, Erling Holand klub va xalqaro miqyosda qayd etgan natijalari bilan «Guinness World Records» ro‘yxatida bir nechta yo‘nalish bo‘yicha o‘z o‘rniga ega bo‘ldi.