Hokim yordamchilari bugun nimalar bilan band?
QISQA SATRLARDA...
Bugun mamlakatimizda mahalla instituti jamiyatning dolzarb bo‘g‘iniga aylanmoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarda o‘rni va roli kun sayin oshayotgan mahallalar ichiga chuqur kirib borishni esa davrning o‘zi taqozo etmoqda.
Prezidentning mahalladagi vakillari sifatida respublikamiz bo‘yicha 9 ming 309 nafar hokim yordamchilari ish boshladi va ularga ko‘mak berish uchun vazirliklardan 300 nafar rahbar-xodimlar xizmat safariga yuborildi.

SIRDARYO viloyati: Mirzaobod tuman “Dungariq” MFY hokim yordamchisi X.Ishanqulov yordami bilan imtiyozli kredit mablag‘i hisobiga xizmat ko‘rsatish yunalishi buyicha yana bitta tadbirkorlik faoliyati ish boshladi.
Shuningdek, “Noqis” MFY O‘zbekiston ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro Boburbek Rahmonovga hokim yordamchisining tashabbusi bilan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida 33 million so‘m imtiyozli kredit ajratilib, bir dona motoroller olib berilishiga amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

NAMANGAN viloyati: Uychi tumanidagi “Ezgulik” MFY da yashovchi Dildora Abdujamilova va Marg‘uba Altayeva xonadonlariga hokim yordamchisi U.Yigitaliyev tashabbusi bilan oila ehtiyojidan kelib chiqib oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

QORAQALPOG‘ISTON Respublikasi: To‘rtkul tumani “Markazobod” MFY hokim yordamchisi A.Qo‘chqorov tavsiyasi bilan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan Nilufar Xudoyberganovaga 10 sotix ekin maydoni ochiq elektron tanlov orqali 10 yilga ijaraga olib berildi. Fuqaro Nilufar Xudoyberganovaning ta’kidlashicha, mazkur huddudda o‘z-o‘zini bandiligini ta’minlagan holda dehqon xo‘jaligi tashkil etib, sabzavot, poliz va dukkakli ekinlar ekishni rejalashtirgan.

Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA muxbiri