Hokim har yilgi an’anasini bu yil ham takrorladi
Allakimlardir tug‘ilgan kunida o‘zgalardan sovg‘a kutishsa, allakimlardir bu kunda aksincha o‘zgalarni sovg‘a bilan xushnud qilgisi keladi.
Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayevning ham har yili tavallud topgan sanasi — 21 aprel kunida Guliston shahridagi «Bolalar shaharchasi»ni ziyorat qilib, bolajonlarni turli sovg‘a-salomlar bilan yo‘qlashdek go‘zal an’anasi bor.

An’anani buzmagan holda bugun ham viloyat hokimi mazkur muassasaga tashrif buyurib, 9 ta xonadonning barchasi uchun alohida atalgan tort va boshqa sovg‘alarini ulashdi.