Hindistonda neft narxi arzonlashishi kutilmoqda
Joriy yilning may oyida Hindistonda transport yoqilg‘isiga talabning pasayishi kutilmoqda, bu koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan cheklovlar bilan bog‘liq.
«Hozir yoqilg‘iga bo‘lgan talab koronavirus pandemiyasi boshlangan paytga nisbatan qariyb 7 foiz kamayganini ko‘rishimiz mumkin», – deydi Bharat Petroleum Corp neftni qayta ishlash korxonasining marketing bo‘limi boshlig‘i A.K. Singx.
Hindistonda ikki hafta mobaynida har kuni 300 mingdan ortiq kasallanish holatlari kuzatilmoqda. Mamlakat koronavirusning ikkinchi to‘lqini bilan kurashmoqda.
Biroq, global miqyosda emlash kampaniyasining yoyilishi ayniqsa, uchinchi chorakda boshlanadigan sayohatlar mavsumida neftga bo‘lgan talabning oshishi kutilmoqda.