Hindistonda ikki poyezd to‘qnashdi
Hindistonning Andxra-Pradesh shtatida ikki yo‘lovchi poyezd to‘qnashib ketdi. Hodisa natijasida 14 kishi halok bo‘lgan, 51 inson jarohat olgan.
Vishakapatnamadan Raygadga yo‘l olgan poyezd boshqa yo‘lovchi tarkibga urilgan va vagonlar izdan chiqib ketgan.
Dastlabki taxminga ko‘ra, to‘qnashuvga signal nosozligi sabab bo‘lgan, biroq aniq xulosa tergovdan keyin chiqariladi, deb yozgan “Indian Express”.
Iyun oyida Hindiston sharqida ikki yo‘lovchi poyezd to‘qnashib, 280 dan ziyod yo‘lovchi halok bo‘lgani mamlakatda so‘nggi o‘n yillikda yuz bergan eng yirik temir yo‘l halokati sifatida baholangan edi.
Darvoqe, ma’lumotga ko‘ra, bu yurtda har kuni 12 milliondan ko‘p odam 14 000 poyezdda Hindiston bo‘ylab 64 000 km yo‘lni bosib o‘tarkan.