Hindistonda bino qulab tushdi
Vayronalar ostida yuzga yaqin kishi boʻlishi mumkin.
Vayronalar ostida yuzga yaqin kishi boʻlishi mumkin.
Hindistonning Dxarvad shahrida bino favqulodda qulab tushgan. Hodisada bir kishi halok boʻlgan, vayronalar ostida qolgan insonlar soni yuzga yaqinligi taxmin qilinmoqda.
Bu haqda “Times of India” xabar beradi.
Maʼlum boʻlishicha, hodisa vaqtida binoning birinchi, ikkinchi qavatlaridagi 60 dan ziyod doʻkonlarda 150 atrofida kishi boʻlgan. Mahalliy aholining taʼkidlashicha, bino sifatsiz qurilgani sabab falokat yuz bergan.
Hozirda voqea joyida qutqarish guruhi ish olib bormoqda.