Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Damodardas Modini O‘zbekiston Respublikasining “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi o‘rtasidagi tarixiy do‘stlik, keng qamrovli strategik sheriklikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi, ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini chuqurlashtirish va yangi bosqichga olib chiqish, siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, ikki mamlakat xalqlarining madaniy-gumanitar almashuvlarini faollashtirish borasidagi alohida xizmatlari uchun Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Damodardas Modi O‘zbekiston Respublikasining “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev