Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi
3 dekabr – Butunjahon nogironlar kuni.
Garchi bu sana yilda bir marotaba nishonlansada, mazkur yo‘nalishdagi ezgu ishlar, e’tibor va g‘amxo‘rlikning e’tirofini biz mamlakatimizning har bir hududida har kuni ko‘rishimiz mumkin.
Ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, tibbiy ijtimoiy yordam ko‘rsatish, hayot sifatini yaxshilash, ta’lim olish va ishga joylashishida har tomonlama ko‘maklashish huquqiy jihatdan mustahkamlanmoqda.

Insondagi iroda avvalo uning hayoti davomida bajarayotgan ishi, kasbi-korida aks etadi. Oramizda shunday insonlar borki, ular imkoniyati cheklanganiga qaramasdan o‘zida yashash uchun kuch topa oladilar. Yaratuvchanlik salohiyatini jamiyat ravnaqiga qo‘shayotgan ulushida aks ettiradi.
Mamlakatimizda mehr-muruvvat va ezgulik qadriyatlariga tayangan holda alohida yordamga muhtoj fuqarolarning ko‘nglini ko‘tarish maqsadida Toshkent shahar nogiron erkaklar “Muruvvat” uyi hamda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi hamkorligida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda ishtirok etgan elimiz suygan san’atkorlar Dilshod Rahmonov, O‘ktam Kamolov, Ali Niyazimbetov hamda “Karavan” guruhi o‘z chiqishlari bilan barchani xushnud etdi.
Tadbir imkoniyati cheklanganlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, moddiy
va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatda o‘z o‘rinlarini egallashlariga imkoniyatlar yaratish borasida respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlarning yorqin ko‘rinishlaridan biridir.
Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi

3 dekabr – Butunjahon nogironlar kuni. Garchi bu sana yilda bir marotaba nishonlansada, mazkur yo‘nalishdagi ezgu ishlar, e’tibor va g‘amxo‘rlikning e’tirofini biz mamlakatimizning har bir hududida har kuni ko‘rishimiz mumkin.

O‘zA