Hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmaydi
– Shunday ulugʻ kunda davlat rahbari tomonidan yaratilgan imkoniyatdan bahramand boʻlganimdan xursandman, – deydi Istiqlol mahalla fuqarolar yigʻini hududida yashovchi G.Ramazonova.
Ramazon hayiti munosabati bilan Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash Kogon shahar boʻlimida hududda yashovchi kam taʼminlangan, ijtimoiy koʻmakka muhtoj xotin-qizlardan 22 nafariga Buxoro viloyati Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tomonidan 1 million soʻmlik pul mablagʻi tushirilgan plastik kartochkalar egalariga topshirildi.
– Shunday ulugʻ kunda davlat rahbari tomonidan yaratilgan imkoniyatdan bahramand boʻlganimdan xursandman, – deydi Istiqlol mahalla fuqarolar yigʻini hududida yashovchi G.Ramazonova. – Buning uchun yurtboshimizdan minnatdorman. Kam taminlangan va ijtimoiy koʻmakka muhtoj xotin-qizlarga koʻrsatilgan bunday koʻmak biz insonlarni yana-da ruhlantirdi. Bizning davlatimizda hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmayotganligiga yana bir bor amin boʻldim.
Darhaqiqat, davlat eʼtiboridagi ayollarni qoʻllab-quvvatlash, ularga moddiy yordam koʻrsatish borasida olib borilayotgan ishlarning natijasi oʻlaroq, kogonlik xotin-qizlar hukumatimiz tomonidan olib borayotgan ezgu ishlar, xalqqa koʻrsatilayotgan eʼtibordan juda mamnun.
Arabxona MFYda yashovchi fuqaro N.Qodirova, Ziyokor MFYda yashovchi fuqaro N.Tosheva va Adolat MFY fuqarosi G.Yemelyanovalar koʻrsatilayotgan koʻmaklar va bugungi moddiy yordam uchun shukronalik keltirdi. Mamlakatimizda bu sinovli kunlar tezda bartaraf etilib, yaxshi farovon kunlarimiz qaytishi uchun duo qildi.