“Harbiylarning paydo boʻlishi shimoldagi toʻrt orolda qurollanishni kuchaytiradi”
Yaponiya Kurill orollarining Kunashir va Iturup tizmalariga harbiylar uchun turar joylar qurilishiga nisbatan Rossiyaga norozilik bildirdi.
Yaponiya Kurill orollarining Kunashir va Iturup tizmalariga harbiylar uchun turar joylar qurilishiga nisbatan Rossiyaga norozilik bildirdi.
Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga shu haqda fikr bildirdi, deb yozadi Asahi Shimbun gazetasi. Yapon tomoniga koʻra, “bu joyda harbiylarning paydo boʻlishi shimoldagi toʻrt orolda qurollanishni kuchaytiradi, bu Yaponiyaning maqsadlariga mos kelmaydi”. Suga Tokioning bahsli hududlar boʻyicha muzokaralarni davom ettirishini eslatgan.