Harbiylar hasharda faol ishtirok etdi (+video)
Mamlakatimiz bo‘ylab «Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki» shiori ostida bo‘lib o‘tgan umumxalq xayriya hasharida Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari ham faol ishtirok etishdi.
Hashar davomida atrof-muhitni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Harbiy qism va muassasalar binolari va unga tutash hududlar tozalandi. Bo‘linmalar tomonidan bunyod etilgan mevali daraxtlar bog‘larida gul ko‘chatlari, yangi mevali va manzarali daraxtlar ekilib, daraxtlarga shakl berildi. Atrofdagi ariqlar ichi va boshqa hududlar chiqindilardan tozalandi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/McMS-N2z6-A" title="Harbiylar hasharda faol ishtirok etdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Umumxalq xayriya hashari nafaqat ma’muriy binolarda, balki ko‘p qavatli harbiy xizmatchilarning turar joylarida ham o‘tkazildi. Harbiylarning oila a’zolari, farzandlari ham obodonlashtirish ishlarida faollik ko‘rsatdi.
Shuningdek, tadbir mobaynida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar oilalaridan, nafaqadagi harbiy xizmatchilar va xodimlar hamda mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan xabar olindi.
N.Rahmonova, O‘zA.