Harbiylar 208 mingtagacha koʻpaytiriladi
Germaniya mudofaa vaziri Ursula fon der Lyayen 2025 yilgacha Bundesver shaxsiy tarkibini yana besh mingga koʻpaytirmoqchi.
Germaniya mudofaa vaziri Ursula fon der Lyayen 2025 yilgacha Bundesver shaxsiy tarkibini yana besh mingga koʻpaytirmoqchi. Bild gazetasi xabariga koʻra, hozir mamlakat qurolli kuchlarida 183 ming harbiy bor.
Dastlabki rejaga koʻra, Berlin qoʻshindagilar miqdorini 198 mingga, keyin esa 208 minggacha koʻpaytirishi nazarda tutilgan. Bundesver qoʻmondonligining bugungi yigʻilishida shu masalaga oydinlik kiritiladi. Maʼlumot uchun, Bundesverda hozir 20 foiz vakant zobitlik oʻrinlari borligi aytilgan.