Harbiy xizmatchilar “Kibersport”da bahslashdi
Xorazmda yosh harbiy xizmatchi va xodimlar o‘rtasida “Kibersport” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda jamoaviy hamkorlik va tezkor fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan musobaqada ishtirokchilar yuqori tayyorgarlik, chaqqonlik va strategik fikrlash qobiliyatlarini namoyon etib, g‘alaba uchun murosasiz bahs olib bordilar.
Qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tgan bellashuvlar yakunida eng yaxshi natija qayd etgan jamoalar aniqlandi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, birinchi o‘rinni Xorazm viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, ikkinchi o‘rinni Bojxona boshqarmasi va uchinchi o‘rinni Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlaridan iborat jamoalar qo‘lga kiritishdi.
[gallery-30907]
G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlanib, ularga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bunday musobaqalar yosh harbiy xizmatchi va xodimlarning zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini oshirish, do‘stona raqobat muhitini shakllantirish hamda jamoaviy ruhni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ahmadjon Shokirov,
Behzod Saidov(surat),
O‘zA muxbirlari