Harbiy-vatanparvarlik festivali (+video)
FOTOREPORTAJ
Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Janubiy operativ qo‘mondonligi tomonidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Termiz davlat universiteti hamkorligida “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida vatanparvarlik festivali o‘tkazildi.
Dastlab harbiylar va yoshlardan tashkil topgan harbiy-vatanparvarlik karvoni shahar ko‘chalari bo‘ylab harbiy orkestr sadolari ostida Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlarni ijro etib, aholiga bayramona kayfiyat ulashdi.
[gallery-20995]
Tadbirning ikkinchi qismi Termiz shahridagi oilaviy ko‘ngilochar muz saroyida bo‘lib o‘tdi.
Unda so‘z olganlar hozirgi kunda milliy armiyamizda yaratilgan shart-sharoitlar, Qurolli Kuchlarimizda olib borilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilarga berilayotgan imtiyozlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berdi.
Festival davomida harbiy orkestr jamoasining Vatanni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlari, faxriy qorovulning ko‘rgazmali chiqishlari aks etgan sahna ko‘rinishlari yoshlar hamda aholi qalbida ona Vatanga muhabbat, harbiylik kasbiga hurmat tuyg‘ularini yanada oshirdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/pNWRek6xnUc" title="Harbiy-vatanparvarlik festivali" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat va video), O‘zA