Harbiy qismda avlodlar uchrashuvi o‘tkazildi
Qo‘qon shahrida DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlarning birida uch harbiy oila ishtirokida avlodlar uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbir avvalida oila atalmish muqaddas qo‘rg‘onni asrab-avaylash insoniy burch ekani, Vatanga mehr-muhabbat, avvalo, oiladan boshlanishi haqida atroflicha so‘z yuritildi. Shundan so‘ng faxriy harbiylar o‘zlarini yaqindan tanishtirib, harbiy xizmatdagi faoliyati va oilasi haqida ma’lumot berdilar.
[gallery-16308]
Tadbir davomida yosh oilalar vakillari boy hayotiy tajribaga ega faxriylardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Turli intellektual-ko‘ngilochar o‘yinlar o‘tkazildi. Yakunda ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA