Harbiy prokuratura: sohada qonun ustuvorligi ta’minlanmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi hay’atining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Videokonferensaloqa tarzida o‘tgan muloqotda mahkama va hududiy harbiy prokuraturalarning barcha xodimlari ishtirok etdi.

Harbiy sohada qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlash, harbiy xizmatchilar va oila a’zolarining ijtimoiy himoyasi, huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, energetika, ekologiya xavfsizligi, byudjet mablag‘lari iqtisodi borasidagi va faoliyatga doir boshqa masalalar sarhisob qilindi.

Bosh prokuror o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori Q.Isroilov boshqargan majlisda harbiy prokuratura organlari tomonidan joriy yilning olti oyida Konstitutsiya va qonun hujjatlarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Majlis yakunida tegishli qaror qabul qilinib, kelgusi vazifalar belgilab olindi.
N.Abduraimova, O‘zA