Har bir bola sog‘lom va baxtli bo‘lishga haqli
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizning G‘ofur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida Oliy Majlis palatalari va Vazirlar Mahkamasi muassisligidagi Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan “Har bir bola sog‘lom va baxtli bo‘lishga haqli” shiori ostida “Baxtli bolalik” xayriya aksiyasi o‘tkazildi.
[gallery-12385]
Ta’kidlash joiz, mazkur fond tomonidan shu kungacha 4 ming 600 nafar bolaga turli darajada tibbiy, ijtimoiy, ta’lim va moddiy imkoniyatlarini yaxshilash maqsadida homiylik yordami ko‘rsatildi. 26 nafar bola xorijning nufuzli klinikalarida davolandi. 10 ta viloyatda “Ezgulik manzili”, “Bolalarga tabassum”, “Xrustal bolalar", “Mohir qo‘llar” kabi loyihalari amalga oshirildi.
Navbatdagi aksiyada ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari, ularning ota-onalari, xorijda murakkab amaliyotlarni o‘tab qaytgan bemor bolalar, homiy tashkilotlar, tibbiyot xodimlari, madaniyat sohasi vakillari va OAV xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida bolalar tomonidan tayyorlangan qo‘l mehnati mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi. Shuningdek, bolajonlar ijrosidagi sho‘x kuy-qo‘shiq va raqslar tadbirga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
Kamola Yusupova,
Otabek MIRSOATOV (surat), O‘zA