Har bir bola mehr va e’tibor og‘ushida
3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni Surxondaryo viloyatida keng nishonlandi. Sana munosabati bilan Termiz shahri va tumanlarda nogironligi bor yurtdoshlarimiz uchun bayram tadbirlari tashkil etilib, qalblariga o‘zgacha quvonch ulashildi.
Ana shunday tadbirlardan biri Sho‘rchi tumanidagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 122-maktab-internatda bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i X.Mamadiyev ishtirok etib, bolalarni bayram bilan tabrikladi. Ular bilan dildan suhbatlashib, har bir bola davlatimizning alohida e’tiborida ekanini ta’kidladi.


Ayni paytda viloyatda 1 ming 626 nafar nogironligi bor o‘g‘il-qiz yakka tartibda ta’lim olmoqda. Mazkur maktab-internatda esa 151 nafar o‘qituvchi 430 dan ortiq o‘quvchiga ta’lim-tarbiya bermoqda. Viloyatdagi boshqa alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashgan maxsus maktablarda ham bayram tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Xolmo‘min Mamatrayimov,
O‘zA muxbiri