Gruziya bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik rivojlanadi
Özbekiston va Gruziya örtasidagi diplomatik hamda iqtisodiy aloqalar yangi bosqiçga çiqmoqda. Xususan, Toşkent şahri va Gruziya işbilarmon doiralari örtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş maqsadida Toşkent şahar hokimi örinbosari Ş.Rahmonov hamda Gruziyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elçisi David Kotaria örtasida ikki tomonlama uçraşuv bölib ötdi.
Uçraşuv davomida Toşkent şahri va Gruziya örtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va sanoat sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi. Xususan, tomonlar özaro savdo hajmini oşiriş, yangi investitsiya loyihalarini amalga oşiriş, sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş hamda ikki mamlakat tadbirkorlari örtasida töğridan-töğri biznes aloqalarini yölga qöyiş imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratdi.

Şuningdek, Toşkent şahrining investitsiyaviy salohiyati, mavjud sanoat infratuzilmasi va istiqbolli loyihalari yuzasidan fikr almaşildi. Jumladan, Gruziya kompaniyalarini «Yangi Avlod» maxsus sanoat zonasida sanoat loyihalarini amalga oşirişga jalb etiş, Toşkent şahridagi renovatsiya dasturi doirasida yangi investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oşiriş, şuningdek, «Yangi Toşkent» hududida köp qavatli turar joy majmualari, zamonaviy mehmonxonalar va savdo markazlarini barpo etiş imkoniyatlari muhokama qilindi.

Muhokamalarda qöşma işlab çiqariş quvvatlarini taşkil etiş hamda özaro savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlaş istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi.
Uçraşuv yakunida tomonlar Toşkent şahri va Gruziya örtasidagi özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş, işbilarmon doiralar örtasidagi aloqalarni faollaştiriş hamda istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş böyiça muloqotni davom ettirişga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA