Gretsiya qochoqlar oqimini boshqara olmayapti
Turkiyadan Evros hududi orqali Gretsiyaga kirib kelayotgan qochoqlar soni oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 140 foizga ortgan. Bu haqda euronews xabar tarqatmoqda.
Turkiyadan Evros hududi orqali Gretsiyaga kirib kelayotgan qochoqlar soni oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 140 foizga ortgan. Bu haqda euronews xabar tarqatmoqda.Chegara oldi hudud – Filakiodadagi muhojirlarni qabul qilish markazi butkul toʻlgan. Muassasa xodimlari joy yetishmasligi sababli qochoqlarni qabul qilish imkonsiz ekanini maʼlum qilmoqda. Shunga qaramasdan qochoqlar oqimi kamayganicha yoʻq.
BMT maʼlumotiga koʻra, Gretsiya – Turkiya chegara hududi boʻylab Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga kirib kelgan muhojirlar soni 2017-yilda 4 ming nafarni tashkil qilgan boʻlsa, bu koʻrsatkich joriy yilda 3 barobardan ortgan.
BMT Gretsiyadan mamlakatda muhojirlarni saqlash va ularni roʻyxatdan oʻtkazish sharoitlarini yaxshilashni soʻramoqda.
2018-yil holatiga koʻra, Evrosda ijtimoiy himoyasiz insonlar soni oʻtgan yilga nisbatan 73 foizga, qarovsiz voyaga yetmagan bolalar soni esa 63 foizga koʻpligicha qolmoqda.