Go‘sht narxi: yurtimiz va jahon bozorida
Bozor iqtisodiyodiyoti rivojlanib borgani sari mahsulot va xizmatlar narxidagi tafovutlar ham sezilarli darajada farqli bo‘ladi.
Pandemiya sharoitida odamlarning oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabi oldingiga qaraganda ancha ortdi. Bu davrda ehtiyoj katta bo‘lgan mahsulotlardan biri bu go‘shtdir. Odamlar orasida go‘sht narxining oshib borayotgani haqidagi gaplar tez-tez quloqqa chalinadi. Shu asnoda rivojlangan rivojlanayotgan mamlakatlardagi go‘sht narxi bilan qiziqdik.
Quyida bir necha mamlakatdagi narxlar haqida so‘z yuritamiz.
AQSHda bugungi kunda go‘sht narxlari quyidagicha: 1 kg muzlatilgan mol go‘shti 10 dollar, 1 kg biftek uchun mol go‘shti 8-12 dollar, 1 kg mol qovurg‘a go‘shti 8-15 dollar.
Germaniyada quyidagicha: 1 kg mol go‘shti 15-25 dollar, 1 kg tovuq go‘shti 8-10 dollar.
Buyuk Britaniyada 1 kg mol go‘shti 15 dollar, 1 kg qo‘y go‘shti 20 dollar.
Fransiyada 1 kg mol go‘shti 25-30 dollar, butun tovuq aksiya e’lon qilinganda (o‘rtacha 1. kg) 5 dollar. Odatiy hollarda aksiyadagidan 30% qimmatroq.
Rossiyada 1 kg mol go‘shti 8-9 dollar, 1 kg qo‘y go‘shti 9-10 dollar.
Chorvachiligi rivojlangan yon qo‘shnimiz Qozog‘istonda 1 kg mol go‘shti 7 dollar, 1 kg ot go‘shti 15 dollar, 1 kg qo‘y go‘shti 8 dollar, 1 kg tovuq go‘shti 4-6 dollar.
Qirg‘iz Respublikasida 1 kg qo‘y go‘shti 8 dollar, 1 kg mol go‘shti 7 dollar, 1 kg tovuq go‘shti 3-3,5 dollar.
Shuningdek, 1 mol go‘shti Turkiyada o‘rtacha 9 dollar, Janubiy Koreyada 60 dollar, Ozarbayjonda 8 dollar, Gruziyada 8 dollar, Ukrainada 7 dollar atrofida sotilmoqda.
Endi mamlakatimiz bozorlaridagi go‘sht narxlari bilan tanishib chiqamiz. Ayni kunlarda bozorlarimizda 1 kg qo‘y go‘shti narxi bugungi kundagi valyutalar kursi bilan hisoblaganda 6,2 dollar, 1 kg mol go‘shti 5-5,5 dollar, 1 kg tovuq go‘shti 2-2,5 dollarni tashkil etmoqda