“Go‘ro‘g‘li” dostonlar turkumidagi arxetip obrazlar
Tillaniso Nuryog‘di qizi ESHBOEVA tayanch doktorant O‘zRFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Toshkent, O‘zbekiston tillaniso@mail.ru
Annotatsiya
Maqolada “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” va “Go‘ro‘g‘lining bolaligi” dostonlaridagi obrazlar tahlilga tortilib, ularning arxetip obraz sifatidagi talqinlari va mohiyati xususida so‘z yuritilgan.
Tayanch so‘zlar: arxetip obraz, arxetip motiv, alp arxetipi, antiqahramon arxetipi, ko‘makchi obrazlar arxetipi, donishmand chol, kampir va yor arxetipi, xaos va kosmos arxetip motivi.