Gonkongda kaptar o‘ldirgani gumonlangan ayol ushlandi
Gonkong politsiyasi kaptarni o‘ldirganlikda gumonlangan 58 yoshli ayolni hibsga oldi, deb yozdi “South China Morning Post” nashri.
Yo‘lovchilardan biri juvon kaptarni yerga irqitgani haqida xabar bergach, politsiyachilar qush jasadini turar-joy majmuasi yaqinidan topgan. Dastlabki surishtiruvdan keyin jonivorga shafqatsizlik qilgani uchun gumonlanuvchi qamoqqa olingan. Orol qonunchiligiga ko‘ra, jonivorga beshafqat munosabat uchun eng keskin jazo sifatida 200 ming dollar jarima yoki uch yil ozodlikdan mahrum etish belgilangan.