Gonduras prezidentida koronavirus aniqlandi
Gonduras prezidenti Xuan Orlando Ernandes va uning rafiqasida koronavirus infeksiyasi borligi tasdiqlandi, deb xabar tarqatdi mahalliy HCH telekanali.
Gonduras prezidenti Xuan Orlando Ernandes va uning rafiqasida koronavirus infeksiyasi borligi tasdiqlandi, deb xabar tarqatdi mahalliy HCH telekanali.
“Mamlakat prezidenti va masʼuliyatli fuqarosi sifatida maʼlum qilamanki, oʻtgan yakshanba kuni oʻzimni yomon his qila boshladim, dushanba kuni menda COVID-19 infeksiyasi borligi maʼlum boʻldi”, - dedi Ernandes.
“Prezidentlik vazifasini masofadan turib bajarishda davom etaman hamda yakkalanish tartibiga amal qilaman” , deya qoʻshimcha qildi u.
Ernandesning maʼlum qilishicha, uning xotinida ham koronavirus infeksiya aniqlangan.