Giyohvand moddalar saqlayotgan shaxs aniqlandi
Toshkent viloyati hududida giyohvandlik, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan dori vositalari bilan bog‘liq holatlarni aniqlash va fosh etishga qaratilgan “Qora dori – 2024” tezkor profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda.
Tadbir doirasida Piskent tumani IIB tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan Navoiy mahallasida yashovchi 1972 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash xonadoni o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirilgan. Natijada uning yashash xonadonida keyinchalik sotish maqsadida saqlanayotgan ko‘p miqdordagi “marixuana” giyohvandlik vositalari borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirilgan.

Hozirda holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyati IIBB Tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan 6 oy davomida qora bozordagi narxi 7 milliard bo‘lgan turli hajm va ko‘rinishdagi giyohvandlik moddalari hamda psixotrop dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.
A.Musayev,O‘zA.